Bugun 26 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

Qarzdorning avtomashinasi akasining uyidan topildi

Qarzdorning avtomashinasi akasining uyidan topildi

Majburiy ijro byurosi Amudaryo tuman bo‘limi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan qidiruvdagi avtotransport vositalarini qidirib topish ishlari amalga oshirilmoqda.

Xususan, Majburiy ijro byurosi Amudaryo tuman bo‘limi ish yurituvida mavjud bo‘lgan, fuqarolik ishlari bo‘yicha Amudaryo tuman sudining 05.06.2025-yildagi ijro hujjatiga asosan qarzdor Ye. Allambergenovdan undiruvchi D. Sobirovning foydasiga 100 mln. so‘m qarz undirish belgilangan.

Olib borilgan ijro harakatlari davomida, qarzdorning nomida “COBALT” rusumli avtotransport vositasi mavjudligi aniqlangan.

Ushbu avtotransport vositalari qarzdor joylashgan manzilda yo‘qligi sababli unga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.

Majburiy ijro byurosi Amudaryo tuman bo‘limi xodimlari tomonidan joriy yilning 17-iyun kuni olib yuborilgan ijro harakatlari natijasidaida qarzdorga tegishli bo‘lgan COBALT” rusumli avtomashina qarzdorning akasining uyida yashiringan holda topilib, MIB Amudaryo tuman bo‘limi maydonchasiga qo‘yilgan.

Kiritildi: 20:45 25.06.2025. O'qildi: 485 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!