Bugun 21 may, 2026 yil, payshanba

КИР

Qarzdorlikni undirish maqsadida “Jetour x90 plus” avtomobili xatlandi

Qarzdorlikni undirish maqsadida “Jetour x90 plus” avtomobili xatlandi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudining 2025 yil 13 noyabrdagi ijro varaqasiga asosan qarzdor U.E.dan 456 million 916 ming so‘m qarzdorlikni undirish belgilangan.

Sud qaroriga muvofiq, undiruv qarzdorga tegishli bo‘lgan “JETOUR X90 PLUS” rusumli avtotransport vositasiga qaratilgan.

Qarzdor tomonidan ixtiyoriy muddatda qarzdorlik to‘lanmagani sababli davlat ijrochilari tomonidan majburiy ijro harakatlari boshlanib, avtotransport vositasiga nisbatan qidiruv e’lon qilindi.

Olib borilgan ijro harakatlari davomida avtomashinaning turgan joyi aniqlandi. Biroq, qarzdor transport vositasini topshirishdan bosh tortganligi sababli, maxsus evakuator jalb qilinib, avtomashina jarima maydonchasiga joylashtirildi hamda tegishli tartibda dalolatnoma rasmiylashtirildi.

Hozirda avtotransport vositasini realizasiya qilish va tushgan mablag‘lar hisobidan qarzdorlikni qoplash choralari ko‘rilmoqda.

Kiritildi: Bugun 17:57. O'qildi: 139 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!