Bugun 21 may, 2026 yil, payshanba

КИР

Eron Parlamenti spikeri AQShning ehtimoliy hujumi va Tehronning javobi haqida gapirdi

Eron Parlamenti spikeri AQShning ehtimoliy hujumi va Tehronning javobi haqida gapirdi

Eron Parlamenti raisi Muhammad Boqir Qolibof AQShning Eronga qarshi yangi harbiy operasiya rejalashtirayotganini va Tehron bu hujumni javobsiz qoldirmasligini ma’lum qildi.

Qolibofning ta’kidlashicha, AQShning ham ochiq, ham mahfiy harakatlari shuni ko‘rsatmoqdaki, u iqtisodiy va siyosiy bosimlarga qaramay, o‘z harbiy maqsadlaridan voz kechmagan va urushning yangi bosqichini izlamoqda. U Eron hukumati AQShni bu qilmishi uchun pushaymon qilishiga ishonchi komil ekanini aytdi.

Qolibofning qo‘shimcha qilishicha, Vashington hali ham Eronning taslim bo‘lishidan umidvor. U ehtimoliy hujumlar xavfi tufayli eronliklarni qarshi choralarga tayyorgarlik ko‘rishni davom ettirishdan ogohlantirdi. Spikerning so‘zlariga ko‘ra, Eron hukumati harbiy harakatlar natijasida mamlakat iqtisodiyoti yomonlashishi bilan bog‘liq vaziyat ustida ishlamoqda.

Ma’lumot uchun, 18 may kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Qatar, Saudiya Arabistoni va BAA rahbarlarining iltimosidan so‘ng, 19 may kuniga Eronga qarshi rejalashtirilgan hujumni qoldirishga buyruq berganini e’lon qilgan edi.

Kiritildi: 23:48 20.05.2026. O'qildi: 230 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!