Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Qarzdorlik “ZEEKR”dan ayirdi

Qarzdorlik “ZEEKR”dan ayirdi

Moliyaviy intizom har bir qarzdordan shartnomadagi majburiyatlarni o‘z vaqtida bajarishni talab qiladi. Aks holda, undiruv garov mulkiga qaratiladi.

Aynan shunday holat Majburiy ijro byurosi Andijon viloyati boshqarmasi ish yurituvida ham kuzatildi. Sud hujjatiga muvofiq, AIT “Ipak yo‘li bank” Andijon filiali foydasiga qarzdor N.M.dan 477,7 mln so‘m undirish va undiruvni qarzdorga tegishli “ZEEKR 001” rusumli qimmatbaho avtotransport vositasiga qaratilishi belgilangan.

Belgilangan muddatda qarzdorlik qoplanmagani bois, ijro harakatlari davomida “ZEEKR 001” xatlanib, elektron onlayn-auksionga chiqarildi. Uning boshlang‘ich narxi 560,7 mln so‘m etib belgilandi.

Sotuvdan tushgan mablag‘ kredit qarzini qoplashga yo‘naltiriladi.

Kiritildi: 10:31 12.08.2025. O'qildi: 915 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!