Majburiy ijro byurosining Samarqand shahar bo‘limi ish yurituvidagi fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining 2025 yil 27 martdagi ijro varaqasiga asosan, qarzdor B.M.dan undiruvchi B.B. foydasiga 308 million 446 ming so‘m undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘limga kelib tushgan.
Qarzdorga ijro ishini qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror yuborilgan bo‘lib, qarzdorlik belgilangan muddatda to‘lanmagani sababli, davlat ijrochisi tomonidan majburiy ijro harakatlariga kirishilgan.
Ijro harakatlari davomida qarzdorga tegishli “Treker” rusumli avtotransport vositasi xatlangan va vaqtinchalik saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirilgan.
Hozirda mazkur avtotransport vositasini Majburiy ijro byurosining Samarqand shahar bo‘limi tomonidan elektron onlayn auksion savdosiga chiqarish choralari ko‘rilmoqda.