"O‘zenergoinspeksiya" Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasi va IIB hamkorligida o‘tkazilgan nazorat tadbirida Qarshi tumanida joylashgan "A.B.J." fermer xo‘jaligiga qarashli suv nasosini hisoblagichdan tashqari o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulab, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 312,3 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.
Bu kabi holat ushbu tumandagi "Y.H.B." fermer xo‘jaligida ham aniqlanib, elektr ta’minoti korxonasiga 129,7 million so‘mlik zarar yetkazilganligi aniqlandi.
Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.