Qarshi shahrida 530 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan ko‘p qavatli uy aniqlandi
O‘zenergoinspeksiya tomonidan Qashqadaryo viloyat o‘tkazilgan nazorat tadbirida Qarshi shahrida joylashgan "K.S.Q." MCHJga qarashli ko‘p qavatli turar joy binosi tegishli tashkilotlardan ruxsat olmasdan, loyiha hujjatlarisiz tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida, gaz ta’minoti korxonasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, 530 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.
Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.