Bugun 12 iyun, 2026 yil, juma

КИР

Qariyb 350 ta qoidabuzarlik sodir etgan «Spark» aniqlandi

Qariyb 350 ta qoidabuzarlik sodir etgan «Spark» aniqlandi

Majburiy ijro byurosi Toshkent viloyati boshqarmasi qidiruv xodimlari tomonidan qidiruvda bo‘lgan avtomashinalarni aniqlash ishlari jarayonida Angren shahar hududida «Spark» rusumli avtomashina topildi.

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu transport vositasi bilan 344 marta yo‘l harakati qoidalari buzilgan va 175 mln so‘mdan ortiq jarimalar belgilangan bo‘lgan.

Xabar qilinishicha, ko‘plab qoidabuzarliklar uchun hisoblangan jarimalar o‘z vaqtida to‘lanmagani sababli ijro hujjatlari yurituvga olingan. Biroq avtomashina uzoq vaqt davomida topilmay kelgan.

Jarimalarni o‘z vaqtida to‘lash va yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish nafaqat qonun talabidir, balki haydovchining xavfsizligi va mol-mulkini saqlab qolish uchun ham muhim hisoblanadi.

Kiritildi: Bugun 17:34. O'qildi: 242 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!