Bu haqida Qozog‘iston boks terma jamoasi bosh murabbiyi Qayrat Satjanov ma’lum qildi.
33 yoshli Konkabayev Tokio Olimpiadasining bronza medali sohibi hisoblanadi. U shuningdek ikki karra JCh finalchisi, to‘rt karra Osiyo chempionati finalchisi hisobanadi. Osiyo o‘yinlarida kumush medalni qo‘lga kiritgan.
U Parij Olimpiadasida 1-bosqichdayoq ispaniyalik Ayub Gadfega imkoniyatni boy bergandi.
U havaskor boksda Bahodir Jalolovning prinsipial raqibi hisoblanardi. Ular ringda o‘zaro 10 marotaba jang qilishgan. Bahodir 7 ta jangda g‘alaba qozongan. Qamshibek 3 ta jangda ustun kelgan.