Tramp jurnalist Jeffri Goldbergni AQShning Yamandagi zarbasini muhokama qilayotgan ma’muriyat a’zolari bilan maxfiy suhbatga qo‘shilib qolishi haqida fikr bildirdi.
“Men bu haqda hech narsa bilmayman. Men The Atlantic jurnalining muxlisi emasman. Bu jurnal yaqinda yopiladi"
Avvalroq, Trampning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Maykl Vols The Atlantic nashri muharririni tasodifan maxfiy Signal guruh chatiga qo‘shib qo‘ygani, ushbu chatda maxfiy operasiyalar, jumladan, Yaman husiylariga qarshi rejalashtirilayotgan hujumlar muhokama qilingani haqida xabar bergan edik.