Yakshanba kuni Ekvadorning Machala shahridagi qamoqxonadagi tartibsizliklar oqibatida kamida 31 mahbus halok bo‘ldi.
Bu haqda mahkumlar bilan ishlash xizmati ma’lum qildi.
"Machala tergov izolyatorida yakshanba kuni tushdan keyin sodir bo‘lgan voqealar tufayli hozirgacha 31 mahbus halok bo‘lgani xabar qilinmoqda", — deyiladi bayonotda.
Bayonotda aytilishicha, bu ommaviy asfiksiya holati bo‘lgan. Rasmiylar voqea yuzasidan tergov olib bormoqda.