Hozircha jinoyatchining qamoqdan qanday qochgani va samolyotga chiqib olishning uddasidan chiqqani xususida aytarli ma’lumotlar mavjud emas.
Mahkum Sindri Tor Steffanson Islandiya janubidagi son turmasidan qochib, Stokgolmga uchib kelgan.
“Reuters” nashrining xabar berishicha, xuddi shu reysda yo‘lovchilar orasida Hindiston premyer-ministri bilan uchrashishga ketayotgan mamlakat premyer-ministri Katrin Yakobsdouttir ham bo‘lgan. U boshqa odam nomi bilan ro‘yxatdan o‘tgan.
Jinoyatchi fevral oyida 600 ta kompyuterni o‘g‘rilaganlikda gumon qilinib hibsga olingan. O‘g‘rilangan texnikalarning bahosi $2 million dollarni tashkil qiladi. Bu Islandiya tarixidagi eng yirik o‘g‘rilik sanaladi. Va mazkur ish bo‘yicha 11 ta odam hibsga olingan.
Son turmasi o‘zining zaif qo‘riqlanishi bilan ajralib turadi. Mahkumlar telefon hamda internetdan bemalol foydalana oladi. Islandiya hukumati Steffansonni tutish uchun xalqaro order e’lon qildi, biroq hozircha uni tutishning iloji bo‘lmadi.