Bugun 24 fevral, 2026 yil, seshanba

КИР

Qamoqdan chiqqan yoshlar uchun yangi loyiha yo‘lga qo‘yiladi

Qamoqdan chiqqan yoshlar uchun yangi loyiha yo‘lga qo‘yiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan muloqotda jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini o‘tab bo‘lgan yoshlarning ijtimoiy hayotga tez moslashishini ta’minlash muhim ekanligini ta’kidladi.

Buning uchun “Ikkinchi imkoniyat” loyihasi boshlanadi.

Bunday yoshlar 8–12 oylik intensiv kurslarda dasturlash, veb-dizayn, kompyuter muhandisligi, boshqa kasblar va xorijiy tillarga o‘qitilib, daromadli ishga ega bo‘ladi.

Mazkur tizim 1-iyundan Navoiy, Qashqadaryo va Toshkent viloyatida, kelasi yildan esa barcha hududlarda joriy qilinadi.

Davlatimiz rahbari so‘zini yakunlagach, yoshlar bilan muloqot boshlandi.

Ayni paytda tadbirda mutasaddilarning hisobotlari, yoshlarning taklif va tashabbuslari tinglanmoqda.

Kiritildi: Bugun 14:54. O'qildi: 452 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!