Bugun 14 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

"Qamchiq" dovonidagi tog‘li hududda adashib qolgan 17 nafar fuqaro qutqarildi

"Qamchiq" dovonidagi tog‘li hududda adashib qolgan 17 nafar fuqaro qutqarildi

Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida tog‘li hududga dam olish uchun chiqib, adashib qolgan 17 nafar fuqaroga amaliy yordam berildi.

12 sentyabr kuni soat 21:27 da “112” tizimi orqali “Qamchiq” Maxsus qutqaruv boshqarmasiga fuqarolar tog‘li hududda adashib qolgani haqida xabar kelib tushgan.

Ma’lum bo‘lishicha, ular “Toshkent–O‘sh” avtomobil yo‘lining “Vodiy–Toshkent” yo‘nalishidagi 107-kilometr, “Chinor” QFY hududida bo‘lgan.

Xabardan so‘ng voqea joyiga qidiruv-qutqaruv bo‘linmalari jalb etilgan. Qutqaruvchilar qidiruv ishlari davomida tog‘ qiyaliklaridan 17 nafar fuqaroni topib, xavfsiz hududga olib tushgan.

Fuqarolar yashash manzillariga sog‘-salomat yetkazilgan. Hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan.

Kiritildi: 14:52 13.09.2026. O'qildi: 707 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!