Ukraina urushni imkon qadar tezroq yakunlashga intilmoqda va o‘t ochishni to‘xtatishga tayyor, deb ma’lum qildi Prezident devoni rahbari.
Uning so‘zlariga ko‘ra, urushni tugatish yoki harbiy harakatlarni to‘xtatishning eng real ssenariysi — Ukraina xavfsizlik kafolatlarini olgan taqdirda, hozirgi front chizig‘i bo‘ylab to‘xtashdir. Shu bilan birga, Ukraina hozirda Rossiya ishg‘oli ostida bo‘lgan hududlardan huquqiy jihatdan voz kechmasligi kerak.
"Biz urush tugashiga tayyormiz va buni istaymiz — albatta, normal va maqbul shartlar asosida; ultimatum ko‘rinishida emas: 'hammasidan voz keching va ustiga-ustak bizga yana nimadir bering tarzida emas", — deb ta’kidladi u.
Rossiya "havo" qarshi hujumiga o‘tdi va Ukrainaga ballistik raketalar va reaktiv dronlardan foydalangan holda zarbalarni keskin oshirdi. UQK uchun bunday nishonlarni urib tushirish juda qiyin, deb tan oldi Budanov.