Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Qamchiq dovonida 417 gramm giyohvand moddasi ushlab qolindi

Qamchiq dovonida 417 gramm giyohvand moddasi ushlab qolindi

“Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng
qamrovli tadbiri davomida “Qamchiq” dovonida o‘tkazilgan tadbir davomida YPX xodimlari tomonidan “Spark” avtomashinasi to‘xtatildi. Haydovchi R.Yuldashev va yo‘lovchi SH.Asatillayev tekshiruvdan o‘tkazilganda, yo‘lovchiga tegishli sumkadan 417,02 gramm miqdorda “gashish” turiga mansub giyohvand modda aniqlandi. Tekshiruv jarayonida ushbu modda Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida 70 million so‘mga xarid qilinganligi ma’lum bo‘ldi. Mazkur holat yuzasidan ashyoviy dalil belgilangan tartibda rasmiylashtirilib, surishtiruv ishlarini davom ettirish va qonuniy qaror qabul qilish uchun tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirildi.

Kiritildi: 13:23 10.08.2025. O'qildi: 794 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!