Tailandning Pxuket orolida joylashgan tijorat binosida sodir bo‘lgan yirik yong‘in oqibatida, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 11 kishi halok bo‘lgan.
Thai PBS teleradiokompaniyasining xabar berishicha, yong‘in Katxu okrugining Patong hududida yuz bergan.
Olov qisqa vaqt ichida qo‘shni binolarga tarqalib, bir nechta xonani qamrab olgan. O‘t o‘chiruvchilarning sa’y-harakatlari natijasida yong‘inni nazorat ostiga olishga muvaffaq bo‘lingan.
Dastlabki norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa 11 kishining hayotiga zomin bo‘lgan. Shuningdek, 30 nafardan ortiq inson tutundan zaharlangan.
Hodisa joyiga Pxuket provinsiyasi gubernatori ham yetib kelgan.
Yong‘inni o‘chirish va odamlarni evakuasiya qilish ishlarida Patong polisiyasi, shahar o‘t o‘chirish xizmati, mahalliy hokimiyat va qutqaruv tuzilmalari xodimlari ishtirok etgan.
Olov nazorat ostiga olingach, mutaxassislar binoni tekshirishga kirishgan. Tekshiruvdan maqsad ichkarida qolib ketgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan odamlarni aniqlash va yong‘in yetkazgan zarar miqdorini baholashdan iborat.