Bugun 4 iyun, 2026 yil, payshanba

КИР

Pxenyanda Ukrainaga qarshi urushda qatnashgan KXDR askarlari sharafiga yodgorlik qurilishi boshlandi

A A A
Pxenyanda Ukrainaga qarshi urushda qatnashgan KXDR askarlari sharafiga yodgorlik qurilishi boshlandi

Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In “Jangovar jasoratlar memorial muzeyi”ga poydevor qo‘yish marosimidagi nutqida o‘z mamlakati va Rossiya o‘rtasidagi harbiy birodarlik “uzluksiz rivojlanib borishi”ni, G‘arb mamlakatlarining “hukmronlik va zulm” da’volari bunga to‘siq bo‘la olmasligini aytdi. Bu haqda KXDR davlat axborot agentligi xabar berdi.

Kim, KXDR va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar “hozirda tarixiy cho‘qqiga ko‘tarilgani”ni qo‘shimcha qildi.

"Pxenyan doimo Moskva bilan birga bo‘ladi. Bizning do‘stligimiz va birligimiz abadiy davom etadi", – dedi Shimoliy Koreya yetakchisi.

Marosimda mahalliy harbiy amaldorlardan tashqari, Rossiyaning Shimoliy Koreyadagi elchisi Aleksandr Masegora ham ishtirok etdi.

Ma’lumot uchun, KXDR Rossiyadan iqtisodiy va harbiy-texnik yordam evaziga urushga 10 mingdan ortiq askar jo‘natgan. Turli ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyaning Ukrainaga qarshi harbiy harakatlari davomida 2 ming nafargacha shimoliy koreyalik askar halok bo‘lgan.

Kiritildi: 13:50 24.10.2025. O'qildi: 1280 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!