Bugun 27 aprel, 2026 yil, dushanba

КИР

Pxenyanda Ukrainadagi urush qatnashchilari xotirasiga bag‘ishlangan yodgorlik majmuasi ochildi

Pxenyanda Ukrainadagi urush qatnashchilari xotirasiga bag‘ishlangan yodgorlik majmuasi ochildi

Shimoliy Koreya poytaxtida Ukraina armiyasiga qarshi janglarda qatnashgan KXDR harbiy xizmatchilariga bag‘ishlangan memorial majmua va muzeyning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Kim Chen In nutq so‘zladi. Uning aytishicha, Shimoliy Koreya va Rossiya harbiylari "bir okopda yelkama-elka turib jang qilgan" va jangovar muvaffaqiyatlarga erishgan. Marosimda Moskva tomonidan Mudofaa vaziri Andrey Belousov va Davlat dumasi raisi Vyacheslav Volodin ishtirok etishdi.

NATO ma’lumotlariga ko‘ra, avvalroq KXDR Rossiyaga 11 ming atrofida harbiy yuborgan bo‘lib, ulardan 1,5 ming nafari halok bo‘lgan, 3,5 ming nafari esa yaralangan. Keyinchalik Pxenyan qo‘shimcha bo‘linmalarni ham jo‘natgani aytildi.

Kiritildi: Bugun 13:25. O'qildi: 416 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!