Polshada «Top Model» teleshousining sobiq ishtirokchisi Samuele T. ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlari sabab 11 ta ayblovga duch keldi. Prokuratura ma’lumotiga ko‘ra, u Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishini qo‘llab-quvvatlagan, ukrainlar, yahudiylar va qora tanli kishilarni haqorat qilgan, shuningdek, zo‘ravonlikni oqlagan.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ayol o‘z sahifalarida Vladimir Putin Ukrainani to‘liq bosib olishi va mamlakatda «tartib o‘rnatishi» kerakligini yozgan. Shuningdek, u Polsha parlamentida xanuka shamlarini o‘t o‘chirgich yordamida o‘chirgan deputat Gjegoj Braunni ham maqtagan.
Avvalroq Samuele T. «Konfederasiya» partiyasidan Polsha parlamenti — Seym deputatligiga nomzodini qo‘ygan, biroq saylovda atigi 1387 ta ovoz to‘plagan.
Unga nisbatan qo‘yilgan ayblovlar bo‘yicha besh yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi belgilanishi mumkin. Ayni paytda u o‘z aybini tan olmayapti.