Rossiya va AQSh prezidentlari Vladimir Putin va Donald Tramp telefon orqali muloqot qilishdi.
Bu haqda Rossiya yetakchisining yordamchisi Yuriy Ushakov ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, suhbat taxminan 40 daqiqa davom etgan. "Putin va Tramp o‘rtasidagi suhbat ochiq va juda konstruktiv bo‘ldi", — dedi Ushakov.
Uning qayd etishicha, tomonlar Moskva va Kiyev o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni davom ettirish tarafdori bo‘lgan va vakillar darajasini oshirish imkoniyatlarini muhokama qilgan.
"Vladimir Putin va Donald Tramp Rossiya va Ukraina delegasiyalari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni davom ettirish tarafdori bo‘lishdi. Shu munosabat bilan, xususan, Ukraina va Rossiya tomonlari vakillari, ya’ni yuqorida qayd etilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarda ishtirok etuvchi vakillar darajasini oshirish imkoniyatlarini o‘rganish zarurligi haqidagi fikr muhokama qilindi", — dedi Ushakov.