Rossiya prezidenti Vladimir Putin Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi tashkiloti (OTES) sammiti doirasida Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin bilan uchrashadi. Muloqot Xitoyning Shenchjen shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ma’lum qildi.
Vazir ushbu fikrlarni Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan o‘tkazilgan muzokaralar chog‘ida bildirdi. Lavrov Rossiya tomoni Xitoy rahbari bilan navbatdagi muloqotni intizorlik bilan kutayotganini ta’kidladi.
«Joriy yilda prezident Putin va Si Szinpin ikki marta uchrashdi. Kelasi oyda esa Rossiya prezidenti OTES sammitida ishtirok etish uchun Shenchjen shahriga tashrif buyuradi», — deya Lavrovning so‘zlarini keltirmoqda RIA Novosti.