Ozarbayjon prezidenti matbuot xizmati xabar berishicha, telefon suhbati Rossiya tomoni tashabbusi bilan bo‘lib o‘tgan.
«7 sentyabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevga qo‘ng‘iroq qildi.
Suhbat davomida davlat rahbarlari iqtisodiy, savdo va gumanitar hamkorlikning qator dolzarb masalalarini muhokama qildilar.
Tomonlar turli darajalardagi ikki tomonlama aloqalarni faollashtirishga kelishib oldilar», — deyiladi matbuot xizmati xabarida.