Evropa diplomatiyasi rahbari Buchadagi xotira marosimida ishtirok etib, Rossiyaning Ukrainaga qarshi agressiyasi bo‘yicha maxsus tribunal tashkil etilishi haqida to‘xtalib o‘tdi.
Kallasning fikricha, bu jarayon ancha tezroq amalga oshishi mumkin edi.
"Ukrainada oddiy aholini qatl qilayotgan askarlar bilan bir qatorda, ularni bu yerga jo‘natayotgan rahbarlar ham javobgarlikka tortilishi shart. Shuning uchun bizga aynan agressiya jinoyati bo‘yicha maxsus tribunal kerak. Ishlar davom etyapti, lekin jarayon juda sust ketyapti", — dedi u.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu sud Rossiyaning 20–30 nafar yuqori martabali siyosiy va harbiy rahbarlari ustidan hukm chiqaradi (targ‘ibotchilar bu ro‘yxatga kirmaydi). Aybdor deb topilganlarni 30 yildan umrbod qamoq jazosigacha bo‘lgan muddat kutmoqda.