Bugun 13 mart, 2026 yil, juma

КИР

Putin Tramp bilan shaxsiy munosabatlarini Eronni qo‘llab-quvvatlashdan ustun qo‘ymoqda — Faridaliy

Putin Tramp bilan shaxsiy munosabatlarini Eronni qo‘llab-quvvatlashdan ustun qo‘ymoqda — Faridaliy


"Moskva uchun Tehron ittifoqchi hisoblansa-da, Putin Trampni g‘azablantirishni istamaydi. Shuning uchun u Qo‘shma Shtatlarning Eronga qarshi urushini ochiqchasiga tanqid qilmayapti", deya yozmoqda nashr yuqori lavozimli rossiyalik amaldorlarga tayanib.

Boshqacha aytganda, Putin AQSh yetakchisi bilan shaxsiy munosabatlarini Eronga beriladigan har qanday yordamdan ustun qo‘ymoqda, deyiladi maqolada.

Kremlga yaqin manbaning aytishicha, Putin Trampning prezidentligi Rossiya uchun Ukraina bilan urushda ustunlikka erishish imkoniyati ekanini yaxshi tushunadi. Shu sababli, u Yaqin Sharqdagi urushga qaramay, Ukraina masalasida Tramp bilan hamkorlikni davom ettirmoqchi.

Rossiya amaldorlari Qo‘shma Shtatlarning Eronga qarshi urushi “ma’lum imkoniyatlar” yaratayotganini ham qayd etgan. Manbalarga ko‘ra, Erondagi urush Putin intilayotgan “yangi jahon tartibi”ga olib boruvchi qadam sifatida baholanmoqda.

Kiritildi: Bugun 20:08. O'qildi: 611 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!