Rossiya prezidenti Vladimir Putin hukumat a’zolari bilan yig‘ilish o‘tkazdi. Unda Rossiya hududlari va anneksiya qilingan Qrimdagi yonilg‘i taqchilligi bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan unga hisobot berildi.
Rossiya energetika vaziri Aleksandr Novak ichki bozordagi vaziyatni “murakkab, ammo nazorat ostida” deb Baholadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hukumat taqchillikka qarshi kurashish choralarini ko‘rmoqda, ular qatorida dizel yonilg‘isi eksportini butunlay taqiqlash masalasi ham ko‘rib chiqilmoqda.
Putin, o‘z navbatida, Ukrainaning Rossiya ichki hududlariga zarbalari tez-tez takrorlanayotganini Kiyev frontdagi vaziyat yomonlashgani uchun qasos olishga va muzokaralardagi mavqeini mustahkamlashga urinayotgani bilan izohladi.
U Mudofaa vazirligi, hukumat va hududlar rasmiylarini Ukraina tomonidan bo‘layotgan zarbalar tahdidi sharoitida tizimli ishlashga hamda ushbu tahdidlarni minimal darajaga tushirishga chaqirdi.