Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskvada bo‘lib o‘tayotgan «Yagona Rossiya» partiyasining XXIII qurultoyida so‘zga chiqib, Rossiyani hech kim yo‘q qila olmagani va kelajakda ham bunga erisha olmasligini ta’kidladi.
«Ular bizni har qanday yo‘l bilan zaiflashtirishni, dunyodagi muhim omil sifatida yo‘q qilishni istaydi. Ammo hech kim buning uddasidan chiqa olmagan. Bu hozir ham, kelajakda ham amalga oshmaydi», — dedi Putin.
Rossiya rahbari ushbu fikrlarni «Yagona Rossiya» partiyasi XXIII qurultoyining yalpi majlisida so‘zlar ekan bildirdi.