Bugun 18 sentyabr, 2026 yil, juma

КИР

Putin: hech kim Rossiyani bo‘lib tashlay yoki xalqini qo‘rqita olmaydi

Putin: hech kim Rossiyani bo‘lib tashlay yoki xalqini qo‘rqita olmaydi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Davlat dumasi saylovlari arafasida fuqarolarga videomurojaat yo‘llab, hech kim Rossiyani bo‘lib tashlash, xalqini qo‘rqitish yoki mamlakat suvereniteti hamda ijtimoiy-siyosiy tuzumining asoslariga putur yetkazishga erisha olmasligini aytdi.

Putin har bir fuqaroning ovozi muhim ekanini ta’kidlab, saylovchilarning shaxsiy tanlovi federal parlament, mintaqaviy va mahalliy darajalarda xalq manfaatlarini qaysi siyosiy kuchlar ifoda etishini belgilashini qayd etdi.

U saylovchilarni Davlat dumasi saylovlarida o‘z qonuniy huquqlaridan foydalanib, mas’uliyatli va puxta o‘ylangan qaror qabul qilishga chaqirdi. Putinning so‘zlariga ko‘ra, saylov natijalari Rossiya jamiyatining yetukligi va barqarorligini namoyon qilishi kerak.

Rossiya prezidenti, shuningdek, harbiy xizmatchilar mamlakatning «g‘alabaga» erishishiga yaqinlashtirib, fuqarolar ham mamlakat farovonligi yo‘lida mehnat qilib, umumiy natijaga o‘z hissasini qo‘shayotganini aytdi.

Putin fuqarolarning saylovdagi ishtiroki millionlab rossiyaliklarning harbiy xizmatchilarni qo‘llab-quvvatlayotganini ko‘rsatishi kerakligini ta’kidladi.

«Biz umumiy qadriyatlar, tarixiy xotira va Vatanga bo‘lgan muhabbat bilan birlashgan yagona xalqmiz», — dedi Rossiya prezidenti.

Uning ta’kidlashicha, fuqarolarning siyosiy jarayonlarda ishtiroki Rossiya suverenitetini mustahkamlashga hissa qo‘shadi. Putin avgust oyi oxirida ham Rossiya o‘z buguni va kelajagi uchun kurashayotganini, umumiy natijaga erishishda har bir insonning hissasi muhim ekanini aytgan edi.

Kiritildi: 18:52 17.09.2026. O'qildi: 554 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!