Ukraina prezidenti Rossiya qancha hududni egallay olishi va Putinni qanday to‘xtatish mumkinligi asosiy masalalardan biri ekanini qayd etdi.
Volodimir Zelenskiyning boshqa bayonotlari:
◾️ Tramp ishonchli hamkor bo‘lmasligi mumkin. Chunki u doimo prezident bo‘lib qolmaydi. Ukraina uchun Amerika beradigan xavfsizlik kafolatlarining ishonchliligi AQSh Kongressiga bog‘liq;
◾️ Men diktator emasman va bu urushni boshlamaganman;
◾️ G‘alaba bu ukrainaliklarni normal hayotga qaytarish va odamlar o‘ldirilishini to‘xtatish, Putin tomonidan yaratilgan global tahdidni yo‘q qilishdir;
◾️ Biz hududlarni qaytaramiz, lekin buni hozir amalga oshirish millionlab odamlar hayotiga zarar yetkazishi mumkin;
◾️ Bizda yetarli qurol bo‘lishi hamkorlarga bog‘liq. Ammo 1991 yil chegaralariga qaytish adolatning qaror topishini va Ukrainaning g‘alabasini belgilaydi.