Agentlikning xabar berishicha Rossiya prezidenti bu haqda Ozarboyjon yetakchisi bilan Tojikistondagi uchrashuvida ma’lum qilgan.
"Uchrashuv boshida Vladimir Putin Ilhom Aliyevga Aqtaudagi AZAL samolyoti halokatini muhokama qilishni taklif qilgan. Rossiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, samolyot halokati, jumladan, osmonda Ukraina droni bo‘lgani bilan ham bog‘liq.
Putinning aytishicha, Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimi tomonidan uchirilgan ikki raketa AZAL samolyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tegmagan, balki undan bir necha metr narida portlagan.
Putin shuningdek, samolyot jangovar elementlar tomonidan emas, ehtimol, ularning parchalaridan shikastlanganini bildirgan.
2024 yil 25 dekabr kuni AZAL aviakompaniyasiga tegishli Embraer E190 samolyoti Bokudan Grozniyga uchayotgan paytda Qozog‘istonning Aqtau shahrida halokatga uchragan edi. Samolyot Ukraina dronlari Kavkaz hududlariga hujum qilgan paytda zarbaga uchragan. Halokat natijasida 38 kishi halok bo‘lgan, 29 kishi esa omon qolgan.
Ozarboyjon hukumati mazkur samolyot Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimi raketasi tomonidan urib tushirilganini bildirgan edi. AZAL samolyoti halokati va Rossiyaning ushbu voqea uchun javobgarlikni tan olmasligi Moskva va Boku o‘rtasida diplomatik inqirozga olib kelgandi.