Kreml Putinning Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqoti haqida xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, ular "ikki tomonlama va xalqaro kun tartibining dolzarb masalalari"ni muhokama qilgan hamda "Rossiya-Ozarboyjon aloqalarining konstruktiv xususiyatini qayd etgan".
"O‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirishga bo‘lgan ikki tomonlama intilish tasdiqlandi", — deyiladi xabarda.
Ozarboyjon hozircha Putin va Aliyev o‘rtasidagi muzokaralar bo‘yicha izoh bergani yo‘q.
Kecha Putin Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan ham telefon orqali gaplashgan edi. Armaniston bosh vaziri Putindan mamlakatdan RFga tovarlar olib kirishga qo‘yilgan taqiqlar munosabati bilan "choralar ko‘rish"ni so‘ragan.