Bugun 15 oktyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Fuqarolarni chuv tushirib kelgan firibgar treyder qo‘lga olindi

A A A
Fuqarolarni chuv tushirib kelgan firibgar treyder qo‘lga olindi

Toshkent viloyati, Ohangaron tumanida yashovchi 52 yoshli T.SH. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan 6.200.000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari noma’lum shaxs tomonidan firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Toshkent viloyati, Ohangaron tumanida yashovchi 48 yoshli A.X. sodir etganligi aniqlangan.

Unga ko‘ra, A.X. bilan "Instagram" ijtimoiy tarmog‘i orqali tanishib, unga o‘zini treyderlik faoliyati bilan shug‘ullanishini va pullarini oz fursatlarda ko‘paytirib berishini va’da qilib, aldov yo‘li bilan 6.200.000 miqdoridagi pul mablag‘larini o‘tkazib olishga erishib, bergan va’dasini bajarmasdan pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 2-qismi "v" bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, A.X.ning sodir etilib fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish yuzasidan tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi "v" qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Kiritildi: 13:01 16.03.2024. O'qildi: 1084 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!