Rossiyada o‘zbekistonlik yarim himoyachi Abbosbek Fayzullayevning SSKAdan Turkiyaning "Istanbul Bashakshehir" klubiga transferi bo‘yicha bahslar davom etmoqda. Bu haqda UPL.UZ xabar berdi. Rossiyaga nisbatan xalqaro sanksiyalar tufayli turklar deyarli bir oy transfer uchun pul to‘lay olmadi.
Kuni kecha "Istanbul Bashakshehir" baribir moskvaliklar bilan hisob-kitob qila olgani ma’lum bo‘ldi. SSKA transfer uchun to‘lovni amalga oshirgandan so‘ng, Turkiyaga Fayzullayevga yangi klubida o‘ynash imkonini beruvchi sertifikat yubordi.
Ammo bugun "Istanbul Bashakshehir" 1,5 mln yevro kam to‘lagani ma’lum bo‘ldi. Moskvaga avval aytilgan 7,5 million yevro o‘rniga 6 million yuborildi. Qolgan pullar hozirda Turkiyadagi maxsus hisobda turibdi. Bir qator rossiyalik jurnalistlar SSKA vakillari ushbu mablag‘ni yangi futbolchilarni sotib olish uchun Turkiyadagi hisob raqamlarida qoldirmoqchi, degan taxminni ilgari surishdi. Boshqa jurnalistlar esa "Istanbul Bashakshehir" futbolchi uchun to‘lov masalasida g‘alati moliyaviy o‘yin olib borayotganini taxmin qilishdi. Bitim allaqachon yopilgan bo‘lsa-da, tomonlar transfer uchun to‘lovni hal qila olmayapti.