Bugun 1 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

"PSJ" yulduziga Saudiyada katta maosh va’da qilingan

A A A
"PSJ" yulduziga Saudiyada katta maosh va’da qilingan

Jurnalist Nikolo Skira xabariga ko‘ra, "Al-Hilol" "PSJ" yarim himoyachisi Marko Verratti bilan shartnoma imzolash bo‘yicha muzokaralarga kirishgan.

Saudiya Arabistoni klubi 30 yoshli italiyalik futbolchiga yiliga 25 million yevro maosh bilan 2026 yilgacha shartnoma taklif qildi.

Verratti "PSJ"da 2012 yilning iyulidan beri to‘p tepadi. 2022/23 yilgi mavsumda futbolchi parijliklar safida barcha musobaqalarda 38 ta o‘yinda maydonga tushdi.

20 iyun kuni fransuz klubi futbolchini kamida 80 million yevroga sotishga tayyorligi haqida xabar berilgandi.

Kiritildi: 15:46 28.06.2023. O'qildi: 1952 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!