Bugun 26 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

«PSJ» yulduzi Vitinya kelajakda o‘ynamoqchi bo‘lgan jamoasini aytdi

«PSJ» yulduzi Vitinya kelajakda o‘ynamoqchi bo‘lgan jamoasini aytdi

"PSJ" yarim himoyachisi Vitinya kelajakda qaysi jamoada o‘ynashni istashini aytdi.

"Men yana "Portu" libosida o‘ynashni juda xohlardim. "Dragau" stadionida o‘zimni uydagidek his qilyapman, ammo ko‘p narsa faoliyatimning rivojlanishiga, shuningdek, "Portu"dagi vaziyatga bog‘liq bo‘ladi. Men har doim klubning maqsad va istaklariga bog‘liq bo‘lib qolaman," - dedi Vitinya O Jogo nashriga bergan intervyusida.

Vitinya "Portu" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. "Ajdarlar"ning asosiy jamoasi safida yarim himoyachi 59 ta o‘yinda maydonga tushib, to‘rtta gol urgan va oltita golli uzatmani sheriklariga amalga oshirgan.

Vitinya 2025 yilda "Oltin to‘p" uchun ovoz berishda uchinchi o‘rinni egalladi.

Kiritildi: Bugun 09:49. O'qildi: 281 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!