«PSJ» va «Bavariya» Chempionlar Ligasi yarim finalining dastlabki uchrashuvida bir-birlarining darvozasiga jami to‘qqizta gol urishdi — 5:4. Tanaffusga qadar tabloda 3:2 hisobi qayd etilayotgan edi, ikkinchi bo‘limda esa parijliklar va myunxenliklar yana ikki martadan darvozalarni ishg‘ol qilishdi.
Opta ma’lumotlariga ko‘ra, bu Chempionlar Ligasi yarim finallari tarixida har ikkala jamoa bir o‘yinda to‘rtta yoki undan ko‘p gol urgan ilk holatdir. Agar turnirning barcha pley-off bosqichlari inobatga olinsa, ikki o‘yinlik qarama-qarshiliklar doirasida bunday natija oxirgi marta 2009 yilda, «Chelsi» va «Liverpul» o‘rtasidagi chorak final bahsida (4:4) kuzatilgan edi.
«Bavariya» va «PSJ» o‘rtasidagi javob o‘yini 6 may kuni Myunxenda bo‘lib o‘tadi.