Fransiyaning "PSJ" klubi prezidenti Nosir al-Xelayfiy "Oltin to‘p" uchun favoritini aytdi.
"Dembele texnik darajasi va xarakteri bilan "Oltin to‘p"ga loyiq. U maydonda va undan tashqarida o‘z ishiga sodiq," - deya Al-Helayfiyning so‘zlarini keltiradi Alkass TV Sports.
Dembele o‘tgan mavsumda "PSJ"ga oltin treblni qo‘lga kiritishga yordam berdi. Fransuzning "Oltin to‘p" uchun kurashdagi asosiy raqibi Kataloniyaning "Barselona" klubidan 17 yoshli Lamin Yamal hisoblanadi.