Bugun 26 oktyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

"PSJ"ning ukrainalik yangi transferi umidlarni oqlamadi

"PSJ"ning ukrainalik yangi transferi umidlarni oqlamadi

Footix nashrining xabar berishicha, "PSJ" rahbariyatida so‘nggi o‘yinlarni uncha muvaffaqiyatli o‘tkazmagan ukrainalik himoyachi Ilya Zabarniyning klubdagi kelajagi borasida shubhalar paydo bo‘lmoqda.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, Fransiya chempioni sport direktori Luish Kampush "Dinamo" Kiyevning 23 yoshli tarbiyalanuvchisi o‘yinlaridan ko‘ngli to‘lmagan va qishda yangi jamoaga tezda moslasha oladigan himoyachini transfer bozoridan izlashi mumkin. Hatto "PSJ" bosh murabbiyi Luis Enrikening ham Zabarniy haqida shubhalari paydo bo‘lgani ta’kidlanmoqda.

Biroq, Ilyaning Parij klubidagi istiqboli haqida hali uzil-kesil qaror qabul qilinmagan. Barchasi futbolchining keyingi o‘yinlardagi harakatlariga bog‘liq. Agar ukrainalik qishki tanaffusgacha o‘z o‘yinini yaxshilasa, unga yana bir imkoniyat beriladi. Aks holda, u mavsumni zaxirada o‘tkazishi yoki ijaraga berilishi ehtimoli bor.

Kiritildi: 23:35 24.10.2025. O'qildi: 632 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!