Bugun 13 may, 2025 yil, seshanba

КИР

"PSJ" - Mbappe mojarosi davom etadi. Endi klub Kiliandan 100 million yevro talab qilmoqda

"PSJ" - Mbappe mojarosi davom etadi. Endi klub Kiliandan 100 million yevro talab qilmoqda

"PSJ" Kilian Mbappedan deyarli 100 million yevro undirmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yilning sentyabrida Fransiya Professional Futbol Ligasi (LFP) parijliklarga yozda "Real"ga tekinga o‘tgan forvardga maosh va bonuslar bo‘yicha qarzlarni to‘lashni buyurgan edi. Keyinchalik Mbappe LFP intizom qo‘mitasiga pul to‘lanmagani bo‘yicha murojaat qildi, ammo apellyasiya rad etildi, chunki klub LFPni Parijda sudga berdi.

Aprel oyida sud qarori bilan "PSJ" hisoblarida 55 million yevro muzlatilgan - bu klubning Mbappe oldidagi qarzi miqdori.

RMC Sport xabariga ko‘ra, dushanba kuni "PSJ" klub hisobidagi pullarni olib qo‘yishni bekor qilishni talab qilib sudga murojaat qilgan. Sud majlisida klub advokatlari Mbappe klubning unga bo‘lgan qarzi haqida aniq dalillar keltirmaganini ta’kidladi.

Klub tomoni sudda Mbappening o‘zi ham klubdan 98 million yevro qarzdor ekanligini ma’lum qilgan. "PSJ"ning fikricha, forvardning qarzi klubga zarar yetkazgan "kechiktirish" taktikasi natijasida shakllangan.

Maqsad 98 million yevro olish emas, agar u bizga qarzdor bo‘lsa, uning talabi asossiz ekanligini ko‘rsatish", - deydi "PSJ" advokati Renaud Semerdjian.

Sud jarayoni 26 may kuni davom etishi kutilmoqda.

Kiritildi: Bugun 11:56. O'qildi: 363 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!