Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

"PSJ" himoyachisi APL klubi bilan shartnoma imzoladi

"PSJ" himoyachisi APL klubi bilan shartnoma imzoladi

"Sanderlend" klubi o‘zining rasmiy saytida himoyachi Nordi Mukielening transferi haqida ma’lumot joylashtirdi. Futbolchi "PSJ"dan "qora mushuklar" safiga ko‘chib o‘tdi. Mukiele to‘rt mavsumga mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.

Matbuot ma’lumotlariga ko‘ra, 27 yoshli Mukielening transferi uchun "Sanderlend" "PSJ"ga 12 million yevro to‘lagan.

Nordi Mukielening asosiy pozisiyasi - o‘ng qanot himoyachisi. Shuningdek, futbolchi markaziy himoyada va o‘ng yarim himoya pozisiyasida o‘ynashga qodir.

Eslatib o‘tamiz, "Sanderlend" Premyer-liganing 1-turida o‘z maydonida "Vest Xem"ni qabul qilib, yirik 3:0 hisobida g‘alaba qozongandi.

Kiritildi: 23:49 17.08.2025. O'qildi: 892 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!