Bugun 3 may, 2025 yil, shanba

КИР

"PSJ" Chempionlar Ligasining joriy mavsumida eng ko‘p mukofot puli ishlab oldi

"PSJ" Chempionlar Ligasining joriy mavsumida eng ko‘p mukofot puli ishlab oldi

"PSJ" Chempionlar Ligasining joriy mavsumi uchun 119,4 mln yevro mukofot puli ishlab oldi, bu turnirda ishtirok etayotgan barcha klublar orasida eng yaxshi ko‘rsatkichdir.

Ikkinchi o‘rinda 118,1 mln yevro ishlab olgan Milanning "Inter" klubi qayd etilgan. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha kuchli uchlikni Londonning "Arsenal" klubi yakunlab berdi - € 117 mln.

Chempionlar Ligasining joriy mavsumida daromad topgan top-10 klublar:

"PSJ" - € 119,4 mln;

"Inter" - € 118,1 mln;

"Arsenal" - 117 mln yevro;

"Barselona" - 116,6 mln yevro;

"Bavariya" - € 105,9 mln;

"Borussiya Dortmund" - € 102,2 mln;

"Real Madrid" - € 101,8 mln;

"Liverpul" - € 98,1 mln;

"Bayer" - 87,1 mln yevro;

"Atletiko Madrid" - € 84,9 mln.

Ayni paytda PSJ Chempionlar ligasi yarim finaliga qadar etib borgan va u yerda "Arsenal" bilan to‘qnash keladi.

Kiritildi: 11:20 18.04.2025. O'qildi: 685 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!