Chempionlar ligasi umumiy bosqichidan o‘rin olgan 3-tur bahsida «PSJ» «Bayer»ni yirik — 7:2 hisobida mag‘lub etdi. Bu natija Luis Enrike shogirdlari uchun tarixiy ahamiyat kasb etdi.
Statsdufoot xabariga ko‘ra, parijliklar 2025 kalendar yil davomida Chempionlar ligasida jami 39 ta gol urgan bo‘lib, bu bilan ular «Manchester Yunayted»ning 2002 yildagi (38 gol) natijasini yangiladi. Shu bilan birga, «PSJ» joriy yilda yevroturnir doirasida yana uchta uchrashuv o‘tkazishi kutilmoqda — raqiblar «Bavariya», «Tottenxem» va «Atletik» (Bilbao).
Uchta o‘yindan so‘ng fransuzlar umumiy bosqich jadvalida 9 ochko bilan birinchi o‘rinda bormoqda.
Chempionlar ligasi. Umumiy bosqich. 3-tur
21 oktyabr 2025 yil, seshanba. Leverkuzen, Germaniya.
«Bayer» — «PSJ» — 2:7
Gollar: Pacho, 7 — 0:1. Garsiya, 38 — 1:1. Due, 41 — 1:2. Kvarasxeliya, 44 — 1:3. Due, 45+3 — 1:4. Mendesh, 50 — 1:5. Garsiya, 54 — 2:5. Dembele, 66 — 2:6. Vitinya, 90 — 2:7.
Chetlatishlar: Andrix (31) — «Bayer», Zabarniy (37) — «PSJ».