Bugun 21 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Isroilda futbol uchrashuvi tartibsizliklariga aylanib ketdi

A A A
Isroilda futbol uchrashuvi tartibsizliklariga aylanib ketdi

Mahalliy nashrlarning xabar berishicha, Tel-Avivda “Makkabi” va “Xapoyel” jamoalari o‘rtasidagi derbi boshlanganidan ko‘p o‘tmay to‘xtatilgan, chunki muxlislar maydonga tutun granatalari va petardalar uloqtirishgan.

O‘yin bekor qilingani e’lon qilinishi bilan muxlislar o‘rtasida mushtlashuvlar boshlanib ketgan, to‘siqlar buzilib, polisiya xodimlariga turli buyumlar otilgan.

Tartibsizliklar tez orada “Blumfild” stadionidan tashqariga yoyilgan: muxlislar arena atrofida do‘kon vitrinalarini sindirishgan, axlat qutilarini yoqib, to‘siqlarni ag‘darib tashlashgan.

Polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, tartibsizliklar vaqtida 37 nafar muxlis va 5 nafar polisiyachi jarohat olgan, 40 kishi hibsga olingan.

Kiritildi: 15:22 20.10.2025. O'qildi: 2904 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!