Bugun 19 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Probasiyani amalga oshirishga ko‘maklashgan shaxslar rag‘batlantirilishi mumkin

Probasiyani amalga oshirishga ko‘maklashgan shaxslar rag‘batlantirilishi mumkin

Farmon (PF-65-son, 10.04.2025 y.) bilan Prezidentning ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Unga ko‘ra, Ichki ishlar vaziriga quyidagi rag‘batlantirish choralarini qo‘llash huquqlari berildi:

—probasiyani amalga oshirishga ko‘maklashgan davlat organlarining, muassasalarining va tashkilotlarining xodimlarini, shuningdek, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini, nodavlat notijorat tashkilotlarni hamda fuqarolarni rag‘batlantirish;
—jamoat xavfsizligini ta’minlashda o‘zining munosib hissasini qo‘shgan ichki ishlar organlari xodimlarini lavozim maoshining 1 baravarigacha bo‘lgan miqdorda bir martalik mukofot bilan rag‘batlantirish.
Kiritildi: 03:53 12.04.2025. O'qildi: 771 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!