Vengriya bosh vaziri Viktor Orban Vladimir Zelenskiyni uning Vengriya dronlari to‘g‘risidagi bayonotlariga javoban Budapeshtni ta’qib qilishni bas qilishga chaqirdi.
“Vengriya NATO va YEI a’zosidir. Bu ikki tashkilot qo‘llovisiz Ukraina allaqachon parchalanib ketgan bo‘lardi. Prezident Zelenskiy, sizga bo‘lgan hurmatimga qaramay, bizni ta’qib qilishni bas qiling”, - deya yozdi Orban o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
26 sentyabr kuni Zelenskiy Vengriya Ukraina havo maydonini buzgani haqida ma’lum qilgandi. Vengriya TIV rahbari Peter Siyyarto bu bayonotga javoban “Zelenskiy Vengriyaga qarshi kayfiyatdan aqldan ozganini” aytdi
Kiyev va Budapesht munosabatlari tarangligicha qolmoqda. Vengriya hukumati Ukrainaning shoshma-shosharlik bilan Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasligini ma’lum qilgan, chunki bu Yevropa iqtisodiyotini barbod qiladi va Rossiya bilan bevosita qurolli to‘qnashuvga olib keladi.