PA rahbari Saida Mirziyoyeva tomonidan Andijon viloyatida o‘tkazilgan o‘rganishlar yakunlari Prezident Shavkat Mirziyoyevga taqdim etildi. Shundan so‘ng davlat rahbari topshirig‘i bilan Andijon shahridagi magistral suv va oqova tarmoqlarini rekonstruksiya qilish uchun 98,9 milliard so‘m ajratildi.
26 iyunning o‘zidayoq amaliy ishlar boshlandi. Loyiha doirasida 60 dan ortiq maxsus texnika va 200 nafardan ortiq mutaxassis jalb etilgan.