Bugun 29 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Prezident: "Tartib-intizom, shaffof tizim bo‘lmagan sohada "katta sakrash" qilib bo‘lmaydi"

Prezident: "Tartib-intizom, shaffof tizim bo‘lmagan sohada "katta sakrash" qilib bo‘lmaydi"

“Ochiq aytish kerak, tartib-intizom, shaffof tizim bo‘lmagan sohada “katta sakrash” qilib bo‘lmaydi. Shuncha sharoitdan keyin ham “soya”da ishlayotganlarga nisbatan qonun ustuvorligi ta’minlanadi” - dedi Prezident.

Asillik inspeksiyasi Soliq qo‘mitasi va Bosh prokuratura bilan birgalikda zargarlik sohasida qat’iy nazorat o‘rnatishi shartligi ko‘rsatib o‘tildi.

Tadbirkorlar zargarlik buyumini Asillik inspeksiyasidan tamg‘alatib, kirim qilishiga bir oy vaqt berilishi belgilandi.

Umuman, mutasaddilarga sohani chuqur tahlil qilib, “xomashyo – ishlab chiqarish – savdo” zanjiridagi barcha ishtirokchilarni “soya”dan chiqib ishlashini rag‘batlantiradigan tizim ishlab chiqish topshirildi.

Kiritildi: 12:16 26.05.2025. O'qildi: 650 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!