Bugun 4 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Prezident: Sirdaryoda avtomobil ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Loyiha qiymati — $122 mln

Prezident: Sirdaryoda avtomobil ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Loyiha qiymati — $122 mln

Sirdaryo tumanida kelgusi yilda xitoiylik hamkorlar bilan avtomobil ishlab chiqarish bo‘yicha 122 million dollarlik loyiha ishga tushadi.

Yaqinda Qozog‘iston bilan Sirdaryo tumanidagi Markaziy Osiyo xalqaro sanoat kooperasiyasi markaziga start berildi.

Ushbu markaz hududida 300 million dollarlik 14 ta sanoat korxonasi kelasi yil 1-chorak yakunida ish boshlaydi, 2026 yilda yana 720 million dollarlik 40 ta yangi loyihalar joylashtiriladi.

O‘tgan yili tomorqani ishga solish, kichik sanoat va servis orqali odamlarning daromadini oshirish bo‘yicha yangicha ishlash tizimi Sayxunoboddan boshlangan edi.

Tumandagi 13 ming xonadonda tomorqadan samarali foydalanish hisobiga oylik daromad bir necha barobarga ko‘paydi. Mahallalardagi 1,8 ming xonadonda 5–6 sotixli, yana 622 tasida 2–3 sotixli issiqxonalar qurildi. Bir yarim yilda 700 ta yangi tadbirkor ish boshladi, 15 ming ishsiz doimiy daromadga ega bo‘ldi, 1,5 ming oila kambag‘allikdan chiqdi.

“Qilsa bo‘lar ekan! Mana, eng “og‘ir” tumanlardan biri bo‘lgan Sayxunobodda bugun hayot, odamlarning kayfiyati qanday o‘zgarganiga guvoh bo‘lyapsizlar”,
– dedi Prezidentimiz.

Kiritildi: Bugun 17:21. O'qildi: 329 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!