Doxa shahriga amaliy tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qatar Davlati Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar va hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, investisiyaviy va energetika sohalaridagi aloqalarni kengaytirish, shuningdek, transport, turizm va ta’lim yo‘nalishlaridagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha fikr almashdilar.
Davlat rahbarlari xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham mulohaza yuritdilar.