Maduro Moskvadan dengizdan ham, havodan ham himoya kuchini oshirishni so‘rab, X-32 raketalari, SU-30M2 jangovar samolyotlari, «Bastion» qirg‘oq mudofaasi tizimi, «Buyan-M»/«Karakurt» korvetlari va «Varshavyanka» suvosti kemalarini so‘ragan.
Rossiya esa Venesuelaga ikki turdagi havo mudofaasi tizimini — “Pansir-S1” va “Buk-M2E”ni yetkazib bergan.
Videodagi kadrlarda esa Venesuela qirg‘oq hududida “BUK-M2E” jangovar holatda joylashtirilgani ko‘rinadi. Shuningdek, Maduro Putindan “Oreshnik” raketalarini ham Venesuela hududiga joylashtirishni so‘ragan bo‘lishi mumkin.
Dunyoda “Yangi Sovuq urushi” boshlanishidan tashqari “Yangi Karib inqirozi” ham boshlanish arafasida.